Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida ichki ishlar organlari tizimida o‘tkazilayotgan “Yoshlar haftaligi-2024” ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Institut boshlig‘i, polkovnik Olimjon Axmedov ochib, ushbu haftalik doirasidagi tadbirlar orqali ichki ishlar organlari tizimidagi yosh xodimlarning taklif va tashabbuslarini qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash, faol yoshlar bilan davlat boshqaruv organlari, jamoat va ilmiy tashkilotlar hamkorligini mustahkamlash orqali Yangi O‘zbekistondagi zamonaviy yoshlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga e’tibor qaratilayotganligi to‘g‘risida to‘xtalib, barcha yosh xodimlarni faol ishtirok etishlarini so‘radi.
Haftalik davomida respublika darajasidagi konferensiya, seminar, trening, press-turlar, ochiq muloqotlar va boshqa shu kabi tadbirlar o‘tkaziladi.
Institut Matbuot xizmati