Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Olmaliq shahridagi o‘quv bazasida Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilarining navbatdagi o‘quv kurslari nazariy va amaliy mashg‘ulotlar Institut professor-o‘qituvchilari va sohaviy xizmatlarning tajribali amaliyot xodimlari tomonidan nafaqat an’anaviy usullarda, balki zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalarini qo‘llagan holda interfaol usullarni qo‘llagan holda olib borilyapti.
O‘quv mashg‘ulotlarida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan ichki ishlar organlari faoliyatiga oid dolzarb vazifalarga, ularning mazmun-mohiyatiga, sohaga oid qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hujjatlarning talablari bilan tanishtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, tinglovchilarning bilimlari oraliq va yakuniy nazorat imtihonlari orqali sinovdan o‘tkazilmoqda.
Institut Matbuot xizmati