<

Подробнее о новостях

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi
Dec. 18, 2024

      Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Yuridik fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Shaxobiddin Ganiyev hamda amaliy tajribaga ega Toshkent shahar, Bektemir tumani IIO FMB Tergov bo‘limi katta tergovchisi Sherzod Shomurodov bilan hamkorlikda “Ichki ishlar organlari xodimlariga navbatdagi “podpolkovnik” maxsus unvonini berish uchun maxsus malaka oshirish kursining tinglovchilariga “Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilishning huquqiy asoslari” bo‘yicha seminar mashg‘ulot binar shaklida o‘tkazildi.

           Mashg‘ulot davomida katta tergovchi Sh.Shomurodov ishtirokida tergov organi tomonidan har bir jinoyat ishini tergov qilish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 297-moddasiga asosan jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlab chiqib, tegishli davlat organiga, fuqarolarning o‘zini- o‘zi boshqarish organiga, jamoat birlashmasiga, jamoaga yoki mansabdor shaxsga ana shu sabablarni bartaraf qilish choralarini ko‘rish to‘g‘risida taqdimnoma kiritilishi va ushbu taqdimnomaga asosan joylarda jinoyat muhokamasi qanday tartibda o‘tkazib kelinayotganligi bo‘yicha fikr va mulohazalar yuritildi.  

          O‘quv mashg‘uloti nazariya va amaliyot bilan bog‘lagan holda o‘tkazilib, tinglovchilarda mazkur mavzu yuzasidan huquqiy bilimlari shakllantirildi.

 

Institut Matbuot xizmati