Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida navbatdagi boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursi yakunlanishi munosabati bilan tashabbuskor tinglovchilar ishtirokida “Tashabbusimiz, iqtidorimiz, kuch qudratimiz - Vatan uchun!” shiori ostida madaniy-ma’naviy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Konsert dasturida tinglovchilar tomonidan Vatanni tarannum etuvchi qo‘shiqlar yangradi. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni kitobga, adabiyotga oshno etishga qaratilgan badiiy chiqishlar qilindi. She’rlar tinglandi. Hangomalar ijro etildi. Ayniqsa, jonli ijro tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Shuningdek, madaniy-ma’naviy tadbir davomida o‘zining kasbiy bilimlarini oshirish, amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirish, dunyoqarashini yanada kengaytirishga intilib, yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan hamda namunali xulqi uchun bir guruh tinglovchilar faxriy yorliq va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Institut Matbuot xizmati