Ichki ishlar vazirligi O‘quv-dala markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Malaka oshirish institutida huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l-patrul va patrul-post xizmati bo‘linmalari xodimlari “Fuqarolar bilan ishlash moduli” bo‘yicha malaka oshirish o‘quv kursida tahsil olmoqdalar.
O‘quv mashg‘ulotlarida tinglovchilarning nostandart, ziddiyatli vaziyatlar, muammoli holatlarda to‘g‘ri va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalari shakllantirilmoqda.
Institut Matbuot xizmati