Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilari bilan “Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostida Olimpiada o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Erkin kurash bo‘yicha 2015-yilgi Jahon chempionatining kumush medali sovrindori, Rio 2016-yozgi Olimpiada o‘yinlari bronza medali sohibi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi Ixtiyor Navro‘zov hamda Erkin kurash bo‘yicha 2018-yilgi Osiyo chempioni, Jahon chempionatining bronza medali hamda Parij-2024 yozgi Olimpiada o‘yinlari bronza medali sovrindori, “Shuhrat” medali sohibi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi G‘ulomjon Abdullayevlar tadbir mehmoni bo‘ldilar. Uchrashuvda sportchilarimiz o‘zlarining hayotiy kechinmalari, sportga kirib kelishi, xalqaro arenalarda erishayotgan sport natijalari, Yurtboshimiz tomonlaridan sportchilarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar haqida to‘xtalib o‘tdilar.
Tadbir yakunida chempionlarimizga Institut rahbariyatining esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Kasbiy tayyorgarlik fakulteti
Jangovar va jismoniy tayyorgarlik sikli