Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti o‘qituvchisi Bahromjon Turg‘unboyev tomonidan “Toshkent Issiqlik markazi” MChJ xodimlari ishtirokida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, unga qarshi kurashish va oldini olish masalalari yuzasidan huquqiy targ‘ibot o‘tkazildi.
Tadbir davomida yig‘ilganlarga korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi bildirildi.
Targ‘ibotdan ko‘zlangan asosiy maqsad xodimlarning huquqiy savodxonligini yanada boyitish, ularning shu yurt, shu Vatan oldidagi farzandlik burchini bajarish hamma uchun foyda keltirishini yana bir bor eslatib o‘tishdan iboratligi ta’kidlandi.
Institut Matbuot xizmati