Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Olmaliq shahar o‘quv-bazasida Kasbiy tayyorgarlik fakultetining tinglovchilari bilan 10 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlanib, “Madhiya-g‘urur va faxr timsoli” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda, Institut boshlig‘ining o‘rinbosari Baxodir Ulugbekov, sikli boshlig‘i A’zamjon Vaxidov hamda tinglovchilar ishtirok etdi.
Davra suhbatida Baxodir Ulugbekov, madhiya davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchiligini, uni hurmat qilishi kerakligini alohida ta’kidladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib xizmat qilishi ma’lum qilindi.
So‘zga chiqqan tinglovchilar A.Abdukarimov, A.Umirzakov va Sh.Tojiboev davlat ramziga bag‘ishlangan she’rlar bilan chiqishlar qilishdi. Tadbir davomida tinglovchilarga davlat ramzini qabul qilish tarixi to‘g‘risida video lavhalar ko‘rsatildi.
Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, qizg‘in bahs va munozaralarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.
Institut Matbuot xizmati