Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligiga bag‘ishlab, “Mardlar qo‘riqlaydi vatanni” shiori ostida sambo kurashi bo‘yicha sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Bellashuvda osiyo, jahon chempionati sovrindorlariga qarshi yosh sportchilar ham yaxshi raqobat ko‘rsatdilar.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari Toshkent shahar hamda respublika chempionatlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.
Institut Matbuot xizmati