O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 17 oktabr kuni “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoyishi asosan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 32 yilligini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash, Asosiy qonunimizda belgilangan xalq hokimiyatchiligi, inson qadri, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik kabi ezgu g‘oyalar atrofida fuqarolarni jipslashtirish, “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
Toshkent shahrining Sayilgoh ko‘chasida tashkil etilgan “Konstitutsiya ko‘chasi” da Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan videoroliklar, slaydlar, huquqiy adabiyotlar va targ‘ibot materiallari bilan ishtirok etdilar. Konstitutsiyamizda fuqarolarning shaxsiy huquqlari va erkinliklariga oid normalarning mazmun va mohiyatini fuыarolarga tushuntirdilar.
Institut Matbuot xizmati