Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti va Toshkent shahar Bektemir tumani Favqulotda vaziyatlar bo‘limi mutaxassis xodimlari bilan hamkorlikda institutning Bektemir tumani o‘quv bazasida tinglovchilar bilan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda ishtirok etgan Institut doimiy va o‘zgaruvchan shaxsiy tarkibilariga yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish, yong‘inni oldini olish, yong‘in sodir bo‘lganda harakatlanish va uni o‘chirish chora-tadbirlari haqida ma’lumot berildi.
Tadbir yakunida shaxsiy tarkib tomonidan berilgan savollarga tuman Favqulotda vaziyatlar bo‘limi mutaxassis xodimlari javob berdilar.
Institut Matbuot xizmati