O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamkorligida “Bolalar tomonidan yoki ularga nisbatan sodir etilgan kiberjinoyatlar” mavzusida trening yakunlandi.
Mashg‘ulotlarda Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikalarining ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalari xodimlari va tegishli mutaxassislar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi va Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilarining bolalar tomonidan yoki ularga nisbatan sodir etilgan kiberjinoyatlar borasidagi bilim va ko‘nikmalari yanada mustahkamlandi.
Trening yakunlanishi munosabati bilan poytaxtimizning “Crowne Plaza” mehmonxonasida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
Institut Matbuot xizmati