Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida navbatdagi boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursi yakunlandi.
Respublika Ichki ishlar organlarining turli sohalariga xizmatga qabul qilingan ayol tinglovchilar ruhan sog‘lom fikrlaydigan, iymon-e’tiqodi butun, bilimli, ma’naviyati yuksak, mard va jasur vatanparvar bo‘lib yetishishga hamda xalqimiz ishonchini oqlashga, Vatanimiz qudratini oshirishga, yangi O‘zbekistonni dunyo hamjamiyatida obro‘-e’tiborini oshirishga, ona Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilish yo‘nalishida tasdiqlangan dastur asosida o‘qitildi.
Yakuniy sinov va imtihonlarni muvaffaqiyatli tamomlagan 19 nafar tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati