O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirish tizimli olib borilmoqda. Jumladan, IIV Malaka oshirish institutida tahsil olayotgan tinglovchilar uchun ichki ishlar organlari xodimlarining shaxsiy kutubxonasida bo‘lishi va mutolaa qilishga tavsiya etilgan 39 turdagi badiiy va yuridik adabiyotlar, shuningdek o‘zbek adabiyotining atoqli namoyondalarining asarlaridan tashkil topgan kitoblar yarmarkasi tashkil etildi.
Unda navbatdagi o‘quv yig‘inlari tinglovchilari faol ishtirok etdilar. Yarmarka davomida tinglovchilar o‘zlarining sevimli adiblarining kitoblarini xarid qildilar.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati